Pokiston Bosh vazirining O'zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik

9-iyul kuni S. Umurzakov va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovudning videokonferensiya shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Pokiston ishbilarmonlar hamjamiyatining O‘zbekistonda biznes yuritishga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekani, shu bois, yuqori darajadagi “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish maqsadida Pokiston tadbirkorlaridan iborat Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida yirik delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
10-iyul kuni Sardor Umurzakov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri va Pokiston ishbilarmon doiralarining 100 vakilining O'zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlangan konferentsiyani o'tkazdi.






