Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi ishtiroki

Pokiston O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha ShHT hamkorlik konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardarivo.
"Pokiston Oʻzbekiston va Afgʻonistondagi hamkorlarimiz bilan Transafgʻon temir yoʻli loyihasi ustida faol ishlamoqda. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlariga Pokiston dengiz portlariga oʻta muhim yoʻl ochadi va ShHT mintaqasi bilan tabiiy yuk tashish aloqasini taʼminlaydi”, - dedi Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri ShHTda so‘zlagan nutqida.






