Poytaxtimizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha xalqaro forum bo'lib o'tdi

2021 yil 15-iyun kuni Hilton "Tashkent City" mehmonxonasida "Markaziy Osiyo va Afg'onistonda barqaror rivojlanish sari xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tkazildi.

Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Jahon banki va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ko'magida tashkil etildi. Xalqaro forum Afg'oniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston ayollari o'rtasida hamkorlik va ishbilarmonlik sherikligini o'rnatish maqsadida o'tkazildi.

Forumning asosiy ishtirokchilari Tanzila Narbaeva - Oliy Majlis Senati Raisi, Saida Mirziyoyeva - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o'rinbosari, Miryana Spolyarich Egger - BMT Bosh kotibning yordamchisi, Natalya German - BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili va Olga Algaerova - BMT Bosh kotibining o'rinbosari.

Tadbir yakunida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining Qo'shma bayonoti va Markaziy Osiyo va Afg'oniston tadbirkor ayyolari o'rtasida barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikning "Yo'l xaritasi" qabul qilindi.