Premium iPhone ishlab chiqarish Vetnamga ko'chiriladi

TrendForce hisobotida qayd etilishicha, Apple premium iPhone ishlab chiqarishning bir qismini Xitoydan Vetnamga ko'chiradi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, 2022-yilda iPhone 14 seriyali smartfonlar yetkazib berish prognozi Xitoydagi karantin tufayli 78,1 million qurilmaga qisqartirilgan.
Ayni paytda Apple Foxconnni gadjetlarning yagona ishlab chiqaruvchisi maqomidan mahrum qilib, Pro modellarini ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishga qaror qildi. TrendForce maʼlum qilishicha, korporatsiya iPhone 14 Pro va 14 Pro Max uchun buyurtmalarning bir qismini Luxshare’ga oʻtkazadi.
Tahlilchilarning qayd etishicha, Luxshare kompaniyasi Vetnamda iPhone aksessuarlar ishlab chiqaruvchi zavodi va Xitoyda smartfon ishlab chiqarish liniyasiga ega. Xitoy ishlab chiqarishiga qaramlikni kamaytirish uchun Apple mahalliy hamkorlarga tayanishni to'xtatishi va boshqa Osiyo mamlakatlaridagi zavodlarni ko'rib chiqishi kerak bo'ladi.
Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy Amerika bozorini premium smartfonlar bilan uzluksiz yetkazib berish uchun Apple o‘z quvvatining 30-35 foizini Xitoydan tashqarida jamlashi kerak.






