Tatariston prezidenti amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bugun, 10-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Maʼlum qilinishicha, Tatariston rahbarining Oʻzbekistonga safari 2 kun davom etadi.
Ta’kidlanishicha, siyosatchi bilan birga mamlakatga yirik kompaniyalar va korxona rahbarlari hamda tadbirkorlar tashrif buyurgan.
Prezident Rustam Minnixanovning amaliy tashrifi dasturidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv ham oʻrin olgan. Tatariston rahbarining bir qator korxonalar, jumladan Angrendagi shinalar zavodiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Minnixanov shuningdek, Jizzaxda joylashgan Qozon federal universiteti filialining ochilish marosimida shaxsan ishtirok etishi kutilmoqda.






