Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish vazifasini qoʼydi

“Ochiq aytish kerak, ayni paytda budjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini toʼliq toʼlab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham, afsuski bor”, dedi Prezident.

Mamlakatimizda har yili oʼrtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli boʼlgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.

Shu bois, 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli toʼlab beradigan tizim yaratiladi.

Endi, ularga ham 4 oyga 2 million soʼm miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi toʼlab beriladi.

Bu maqsadlar uchun, budjetdan 2022-yilda 200 milliard soʼm, 2023-yilda esa 1,7 trillion soʼm yoʼnaltiriladi.