Prezident Germaniya tashqi siyosiy idorasi rahbarini qabul qildi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi siyosiy idorasi rahbari Аnnalena Berbokni qabul qilmoqda. Muzokaralar kun tartibidan qator dolzarb masalalar o’rin olgan.

Muzokaralar kun tartibidagi asosiy masalalar - Oʼzbekiston va Germaniya oʼrtasidagi koʼp qirrali munosabatlarni "yashil" iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga urgʼu bergan holda chuqurlashtirish, mintaqaviy hamkorlikning, shu jumladan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʼyicha yangilangan strategiyasidan kelib chiquvchi dolzarb jihatlari, shuningdek, Аfgʼonistonda tez fursatda tinchlik oʼrnatilishiga koʼmaklashishdan iborat.

Bugun ertalab Germaniya TIV rahbari oʼzbekistonlik hamkasbi bilan uchrashdi, poytaxtimizdagi nemis tili chuqurlashtirilib oʼqitiladigan 60-sonli maktabda hamda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish maydonida boʼldi.