Prezident «Global Janub ovozi» sammitida qatnashadi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12-yanvar kuni "Global Janub ovozi" sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi.
Hindistonning "Katta yigirmatalik"dagi raisligi doirasida onlayn shaklda oʼtkaziladigan tadbirda Bangladesh, Vetnam, Kambodja, Moʼgʼuliston, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Tailand va boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlaridan iborat jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashadi.
Sammitning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal etish yoʼlida, shu jumladan iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sogʼliqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yoʼnalishlardagi oʼzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashish va aniq takliflarni ishlab chiqishdir.






