Prezident huzurida Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha Jamoatchilik kengashi tuziladi

Yuqorida aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha Jamoatchilik kengashi tuziladi. Prezident Аdministratsiyasi rahbariga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.

Prezidentimiz soʼzini yakunlab, ayni paytda tadbirkorlar bilan fikr almashmoqda, ularning taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.