Prezident mis sanoati klasterini tashkil etish bo'yicha ko'rsatma berdi

24-iyun kuni “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Oxirgi 5 yilda mamlakatimizda mis ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravar oshib, 2020-yilda 148 ming tonnaga yetgan. Lekin mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha ishlar hali yetarli emas, chunki misning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinmoqda. Misdan keladigan daromad bugungi kunda 2,5 milliard dollarni tashkil etayotir.

Xalqaro ekspertlarning fikriga ko'ra, elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energiya sohalarining rivojlanishi evaziga 2030-yilga borib dunyoda misga bo‘lgan talab 40 foizga oshishi kutilmoqda.