Prezident ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabrikladi

Prezident ommaviy axborot vositalari vakillarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabrikladi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

«Qadrli do‘stlar! Avvalo, siz, azizlarni, sohaning muhtaram faxriylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman. Sizlarning bu galgi kasb bayramingiz eng ulug‘ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik sanasi arafasida bo‘lib o‘tayotgani unga alohida ruh va mazmun bag‘ishlamoqda», - deb tabrikladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlari veb-saytlari kengayganligini ko'rsatuvchi statistik ma'lumotlarni keltirdi.

Agar 2019 yilda davlat va nodavlat tashkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari – rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda bu raqam 2410 taga yetdi., - dedi davlatimiz rahbari.

Shuni ta'kidlash kerakki, so'nggi yillarda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o'rni va ta'siri yuksaldi. Shuningdek, O'zbekistonda bu sohada kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda.