Prezident raisligida videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda

Yigʼilishda dunyoda qattiq maishiy chiqindilar miqdori aholi jon boshiga har yili 1 foizga ortib borayotgani, mamlakatimizda soʼnggi yillarda iqtisodiy oʼsish, aholi turmush darajasi yaxshilanishi natijasida oʼsish 2 foizni tashkil etib, yillik hosil boʼlayotgan maishiy chiqindilar miqdori 7 million tonnaga yetgani aytildi.
Lekin, ushbu chiqindilarni yigʼish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoniqarli emas, dedi davlatimiz rahbari.
Misol uchun, maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi Аndijonda – 45 foiz, Buxoroda – 43 foiz, Navoiy va Namanganda – 36 foizni tashkil etib, yaxshi natija koʼrsatilmoqda. Аksincha, Qoraqalpogʼiston – 10 foiz, Fargʼona va Qashqadaryo – 20 foiz bilan qolgan hududlardan ortda.
Sababi ushbu hududlarda maishiy chiqindilarni yigʼish va qayta ishlash klasterlari faoliyati hali tizimli yoʼlga qoʼyilmagan.
Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish qamrovi 90 foizga yetgan boʼlsada, 781 ta mahallada 30 yildan buyon chiqindini olib chiqish masalasi hal etilmagani tanqid qilindi.






