Prezident sog'liqni saqlash va kommunal xizmat sohalaridagi yangi loyihalarni ma'qulladi

14 iyun kuni davlat rahbari kommunal xizmat va sog'liqni saqlash sohalaridagi 2 ta yangi loyiha taqdimoti bilan tanishdi va ularni ma'qulladi.

Toshkent viloyatida 4938 ta ko'p qavatli uy bor. Ularga 36 ta xizmat ko'rsatuvchi kompaniya va 369 ta shirkat xizmat ko'rsatmoqda. Shirkatlarning yarmidan ko'pi ogʻir ahvolda, iste'molchilar xizmatlar sifatidan norozi. Tadbirda huddagi shu kabi kamchiliklar tanqid qilindi, shundan so'ng tizimli ishlarni yo'lga qo'yish topshirildi. Xususan, taqdimotda Toshkent viloyatida Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi bilan yaqin sheriklik yo‘lga qo‘yilganligi va hamkorlik asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar haqida xabar berildi. Prezidentimiz loyihalarni tanqidiy baholab, hamkorlikni izchil kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, barcha hududlardagi onkologiya shifoxonalaridagi sharoit, davolash sifati o‘rganilgan. Bunday kasalliklar bo‘yicha eng ko‘p murojaat Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallariga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni, ularda barcha bemorlarning qariyb 37 foizi davolangan. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklifi bildirildi. Buning natijasida salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, deb xabar beradi president.uz sayti.