Prezident tabrigi

Alloh taoloning marhamati yog‘iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda sizlarni yana bir bor azizu mukarram Iyd ul-Fitr bilan chin dildan tabriklayman. - Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Prezident o'z tabrik maktubida bayram kunlari xalqimiz uchun insonparvarlik, mehr-oqibat, bag'rikenglik va shukronalik ramzi ekanini ta'kidladi. Keyingi yillarda xalqimizning boy ma'naviy merosini tiklash va keng ommalashtirish, buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bog'liq muqaddas joylarni obodonlashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

Prezident, shuningdek, xalqimizning pandemiya bilan bog'liq qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazon qadriyatlarini – mehr-oqibat va qo'shnilarga g'amxo'rlik qilib, yordamga muhtoj bo'lganlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlab, ko'plab hayotiy muammolarni birgalikda hal etib borganini hurmatga sazovor ekanligini eslatib o'tdi.

Mashhur o'zbek ma'rifatparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur" degan hikmatli so'zlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmadi dedi Prezidentimiz