Prezident Turkiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʼlib turgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni qabul qildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida huquqni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʼrib chiqildi.






