Prezidentimiz Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga ko’rilayotgan tayyorgarlikni tanqid qildi

2021 yil 3-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik haqida ma'lumot berildi.

Butun dunyo singari O'zbekiston ham bugun Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Sportchilar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli O'zbekistondan yaxshi natijalar kutilmoqda. Hozirga qadar sportchilarimiz 41 Olimpiya va 16 Paralimpiya litsenziyalariga ega bo'lishdi.

Prezidentimizning fikrlariga ko'ra, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik holati qoniqarsiz deb topildi. May-iyul oylarida bo'lib o'tadigan saralash turnirlari natijalariga ko'ra chiptalar sonini ko'paytirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi. Sportchilarga xizmatni kuchaytirish va ularni har tomonlama rag'batlantirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Federatsiyalar faoliyatining malakasini oshirish va sport menejerlarini jalb qilgan holda olimpiyachilarni jismonan, tibbiy va psixologik tayyorgarligini yaxshilash bo’yicha har bir sport turi uchun alohida sport menejerlarini jalb qilish vazifasi qo’yildi.