Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi ikkinchi kuni

Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrifining ikkinchi kuni Xakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. Maqbarada mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik va farovonlik uchun Qodir Hudodan duolar qilinib so’raldi.

Keyinchalik Termiz shahrida Prezidentimiz raisligida Surxondaryo viloyati kengashi deputatlari, tadbirkorlar va fermerlar, keksa avlod vakillari va yoshlar hamda jamoat faollari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Prezidentimiz mintaqani kompleks rivojlantirish va "mahallabay" tizimi bo'yicha aholi turmushini yaxshilashning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi.

“Biz siz bilan uchrashish va muammolarni hal etish uchun keldik. Biz ushbu sayohatga anchadan beri tayyorgarlik ko'rgan edik. Toshkentga bog’liq masalalar qolmadi. Endi taqdim etilgan mablag'lardan va tizimdan oqilona foydalanish, joylarda maqsadli ishlash zarur. Qanchalik urinmay, agar siz o'zingizni to'liq fidoyilik bilan harakat qilmasangiz, xalq farovonligi oshmaydi. Agar Surxondaryoning ichki resurslaridan foydalanilsa, odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni hal qilish uchun barcha sharoitlar bo'ladi. Buning uchun sektor rahbarlari fidoyilik ko'rsatishlari, "pastga" tushishlari va "mahallabay" tizimi bo'yicha ishlashlari kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tashrifi yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Termiz shahrida yangi qurilgan ko'p qavatli uylar bilan tanishdi. Bu yerda 208 xonadondan iborat to'qqiz qavatli binolar qad rostladi. Tashqi devorlari uchta qatlam bilan qoplangan bo'lib, bu qishda va yozda xonadonlarda optimal haroratni ta'minlaydi. Har bir xonadon avtonom isitish tizimiga ega. Birinchi qavatda do'konlar va xizmat ko'rsatish punktlari joylashgan. Birinchi oilalar uylarga joylashishni boshladilar. Ularning ba'zilari davlat tomonidan berilgan imtiyozlar asosida xonadonlar sotib olishdi.

Prezidentimiz ana shunday ikkita oila xonadoniga - Nargiza Rahimova va Farrux Egamovlar xonadoniga tashrif buyurdi.

Shu bilan Prezidentimizning Surxondaryoga safari yakunlandi va davlatimiz rahbari Toshkentga yo'l oldi.