Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifining birinchi kuni qanday o’tdi

Avval xabar berganimizdek, Prezidentimiz ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bian tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Surxondaryoda bo’ldi.

Prezidentimizning viloyatga tashrifini birinchi kuni ijobiy va samarali o’tdi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Surxondaryodagi anor yetishtirish yo’nalishlari bilan tanishib chiqdi. Anor yetishtirish viloyatdagi eng mashhur yo’nalishlaridan biridir. Sherobod anorlari ayniqsa o’zining katta mevalari, ta’mi va yuqori darajadagi hosildorligi bilan mashhurdir. Davlatimiz rahbari anor yetishtiirish sohasini rivojlantirish va o’zbek mahsulotlarini jahon darajasiga olib chiqish uchun aniq ko’rsatmalar berdi.

Shuningdek, Sherobod viloyatida ham Prezident o'tgan yili mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona majmuasiga tashrif buyurdi. "Sherobod Agro Impex" issiqxona majmuasi 29 gektar maydonda joylashgan bo'lib, u yerda pomidor, bodring, bulg’or qalampiri va baqlajon kabi mahsulotlar yetishtiriladi. Davlatimiz rahbari mahsulotni tayyorlash hajmini oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi, bu uning tannarxi pasayishiga xizmat qildi.

Prezident viloyatning Angor tumanida bug‘doy va paxta yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi. “Angor Surxon g'ururi” klasterida 11 gektardan ziyod ekilgan maydon mavjud. Bu yerda shuningdek, davlatimiz rahbari kombaynning ruliga o'tirdi va dala maydonida don yig'di.