Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga qanday tayyorgarliklar ketmoqda?

12 avgust, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari A.B.Voitoving OAV va blogerlar bilan “Ochiq muloqot”ga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing olib bordi.

Yig'ilishda Ochiq muloqot doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa bir qator mas’ul idoralar bilan hamkorlikda “Call-markaz”lari va Tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish Shtabining tinimsiz va dam olish kunlarisiz qilayotgan sayi harakatlarining natijalari bayon qilindi.

O‘tgan davr mobaynida jami 15 309ta murojaat kelib tushganligi xabar berildi.

Shundan:
- 13 941 ta individual muammolar;
- 1 234 ta tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar;
- 128 ta hozirgi kundagi tartibga e’tirozli murojaatlar bildirilgan.
Ushbu murojaatlarning har birini hal etilish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, bugungi kunda:
- 12 401 ta muammoli masala bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va hal etildi;
- 2 980 ta muammo hal etilish jarayonida.
Murojaatlarning barchasi 16 ta asosiy sohalarga ajratilgan.

Ayni damda kelib tushgan murojaatlarning
81,1 foizdan ortig‘i hal etilgan.