Putin MDH davlatlarini Afg'onistondagi jangarilarga qarshi kurashga tayyor bo‘lishga chaqirdi

MDH davlatlari Afg‘oniston chegarasida terrorchilarga qarshi turishga tayyor bo‘lishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda.

Putinning ta’kidlashica, hozir Afg'onistonda vaziyat og‘ir: "Amerika qo‘shinlari chiqib ketganidan so‘ng Afg‘onistondagi hokimiyat Tolibon qo‘liga o‘tdi, ular o‘z qonun va qoidalarini o'rnatdi".

Shuningdek, Putin Afg‘onistonda "IShIDning bir qator xalqaro terrorchilar guruhlari o‘z faoliyatini davom ettirayotganini" eslatdi.
"Iroq, Suriyadan harbiy amaliyotlarga tajribali jangarilar faol jalb qilinmoqda. Terrorchilar MDH mamlakatlaridagi vaziyatni buzishga urinishi mumkin", deb ogohlantirdi Rossiya rahbari.

Bu borada Putinning fikricha, MDH davlatlari "Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni doimiy kuzatib borish va jangarilarga qarshi turishga tayyor bo‘lishlari kerak".

Rossiya Prezidentining fikricha, Hamdo‘stlik a’zolarining kuch tuzilmalari o‘rtasida doimiy qo‘shma maxsus operatsiyalar o‘tkazib turilishi lozim.