Putin Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi.

Ma’lumot o’rnida, Aleksandr Nevskiy ordeni 1725-yil 1-iyunda, ta'sis etilgan. Mazkur orden Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti hisoblanadi.

Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblari, xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko'rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin.