Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar 19-iyul kuni Tehronda bo‘lib o‘tadi

“Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi”, - deya qayd etgan Peskov. Shuningdek, Eron, Rossiya va Turkiya rahbarlarining uch tomonlama sammiti o’tkazilishi haqida ham ma’lum qilingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehronga tashrifi davomida Turkiya prezidenti Rajeb Tayyib Erdo‘g‘on bilan uchrashadi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvi Tehronda bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. U aniq sanani ham ma’lum qilgan.






