Putin va Ramzan Qodirov: Checheniston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida

Prezident Vladimir Putin Moskvada Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
Qodirov Checheniston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Qodirov yig‘ilishda Rossiya prezidenti rahnamoligida ko‘rilayotgan samarali chora-tadbirlar tufayli Checheniston koronavirus pandemiyasining og‘ir sharoitida rivojlanish sur’atini saqlab qolayotganini ta’kidladi.
"Asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha ham barqaror oʻsish kuzatilmoqda – eksport mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi oshdi. Asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi ham oshdi. 2021-yilda 34 milliard rubllik 247 ta investitsiya loyihasini amalga oshirdik. 11 ming ish o‘rni yaratilishi bilan umumiy qiymati salkam 121 milliard rubl bo‘lgan 618 ta loyiha amalga oshirilmoqda”, — ta’kidladi R.Qodirov.
Checheniston rahbari Putinga mintaqada ishsizlik darajasi 8 foizga tushganini, 2014-yildan buyon respublika budjetini subsidiyalash darajasi 27 foizga (69,6 foizdan 42,4 foizga) qisqarganini aytdi.
"Respublikada milliy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, viloyat maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha yetakchilar qatorida. Respublika 2021-yilda "Toza suv va toza mamlakat" federal loyihalarida 2-o‘rinni egalladi", - deya yozgan Qodirovning matbuot kotibi.






