Putinni nima kutayotganini o’zi bilmaydi - Jo Bayden

Jo Bayden o’z xalqiga murojaatida Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga G‘arb qanday javob berishini aytdi.

O'z nutqida Bayden amerikaliklarga erkinlik doimo zulm ustidan g'alaba qozonishini ta’kidlab o’tdi.

Prezident kelgusida iqtisodiy qasos olishni ham va'da qildi.

"Uni nima kutayotganini o’zi bilmaydi" - dedi Jo Bayden.

"Olti kun oldin Putin o’z tahdidiga dunyoni o’ziga bosh egdirish maqsadida erkin dunyo poydevoriga putur yetkazmoqchi bo’ldi. Lekin u xato o’yladi. U Ukrainaga kirgach dunyo ostun-ustun bo’ladi deb o‘ylagandi. Lekin buning o‘rniga o‘zi tasavvur qila olmaydigan kuchli devorga duch keldi. Bu - Ukraina xalqi bo'ladi", - dedi Bayden.

"Putinning urushi qasddan va sababsiz. U bir necha bor diplomatik sa'y-harakatlarni rad etdi. G'arb va NATO javob qaytarmaydi deb o'yladi. Bizni ajratib qo’yish mumkin deb o’yladi. Ammo, Putin qattiq adashdi. Lekin bu xolatga biz tayyor edik", - deb qo’shimcha qildi Jo Bayden.

Shu bilan birga, Amerika yetakchisi Qo‘shma Shtatlar “NATO hududining har bir qarichini” himoya qilishga tayyorligini ta’kidladi, biroq ular Ukrainada jang qilmoqchi emasligini ham aytib o’tdi.