Qanday qilib ko'proq yoshlarni jalb qilgan holda innovatsion sohalarga bog'laydigan platformani yaratish mumkin

Joriy yilning 17-sentabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi
Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan "Qanday qilib ko'proq yoshlarni jalb qilgan holda innovatsion sohalarga bog'laydigan platformani yaratish mumkin" mavzusida seminar o'tkazildi.
Yurtimiz rivoji va kelajagi yoshlar qo'lida. Shunday ekan kelajagimiz
egalarini ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida xorijlik mutaxassislarning bilim va tajribalari ham juda muhim. Zamon talabiga mos yangi yo'nalishlar va sohalarni o'rganish kerakligi hamda so'nggi 20 yilda yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan kasblar ro'yxati internet tarmoqlarida ma'lum qilinganligini ta'kidladi.
Misol tariqasida bugungi kunda "Dron" texnologiyasini mukammal bilganlar yuqori daromadli insonlar qatorida turishi mumkin. Imkon qadar zamon talabiga mos kasblarga bolalarni qiziqtirish va ularga shu kasblarni o'rgatish uchun imkon yaratishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda har bir soha bevosita innovatsiya bilan bog'liq. Tizimning yangi yo'nalishida faoliyat yuritish va ish boshlash o'ziga yarasha qiyinchiliklar tug'dirishi tabiiy. Seminarda doktor Basiyr Rodni innovatsiyalar sohasida duch kelayotgan qiyinchiliklar, muammolar va ularning yechimlari to'g'risida o'z tajribalari bilan bo'lishdi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar mutaxassisdan o'zlarini qiziqtirgan
savollariga javob olishdi.






