Qasddan badanga shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

Sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun BHMning 25 baravari miqdorida jarimadan 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.