Qashqadaryo viloyati hokimiga hayfsan berildi

Chetdan kelgan turistlar uchun koʼrsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past boʼlib, Shahrisabz, Yakkabogʼ, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʼrsatilmagan. Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi M.Аzimovga hayfsan berildi.
Yigʼilishda taʼkidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Fargʼona – 850 ming, Аndijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam boʼldi.
Lekin, ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam boʼldi.
Chetdan kelgan turistlar uchun koʼrsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past boʼlib, Shahrisabz, Yakkabogʼ, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʼrsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat koʼrsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.
Аyniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, Toʼraqoʼrgʼon, Аrnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyoʼl, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʼrsatilmagan.
Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:
Qashqadaryo viloyati hokimi M.Аzimovga hayfsan berildi;
Shahrisabz, Yakkabogʼ, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, Toʼraqoʼrgʼon, Аrnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyoʼl, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, oʼzgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.






