Qashqadaryoda eksport hajmi 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda

Yig’ilishda, Qashqadaryo hokimi sanoat yoʼnalishida ishlab chiqarish 15 trillion soʼmni, aholi jon boshiga 4,4 million soʼmni tashkil qilgani, sohada band aholi qariyb 44,8 ming nafar ekanini maʼlum qildi.
2023-yilda drayver sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga bu koʼrsatkichlarni tegishlicha 24 trillion soʼm, 6,3 million soʼm va 45,2 ming nafarga yetkazish maqsad qilingan.
2022-yilda umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 844 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada 12,4 mingta ish oʼrni yaratiladi.
2023-yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish oʼrni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion soʼmga, budjetga tushumlarni 712 milliard soʼmga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni oʼrnini bosish kutilmoqda.
Viloyatning eksport hajmi 2022-yilda 26 foizga oʼsib, 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2023 yilda bu koʼrsatkichni 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hokimning Prezidentga bergan hisoboti Qashqadaryo viloyati hokimligining rasmiy axborot manbalarida eʼlon qilinadi.






