Qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 mlrd dollar yoʼnaltiriladi

Toshkent shahrini energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan qoʼshimcha vazifalar belgilab berildi.
Jumladan:
sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari oʼrnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish boʼyicha loyihalarni boshlash;
ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini oʼrnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni taʼminlash;
Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stantsiyasini qurish;
poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yoʼqotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
1 ming 817 ta koʼp qavatli uylarning ichki isitish tizimini toʼliq yangilash;
300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yoʼqotishlarni 5 foizga kamaytirish.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yoʼnaltiriladi.






