Qirg'iziston Prezidenti za'faron yetishtirish loyihasiga qiziqish bildirdi

Kuni kecha yurtimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham "Yashnobod" texnoparkida O'zbekiston iqtisodiy salohiyatini namoyish etuvchi ko'rgazmada ishtirok etib, yurtimizda sanoat darajasiga ko'tarilayotgan za'faron o'simligini yetishtirish loyihasiga qiziqish bildirdi. 

Ayni kunda “BMB-OPERA ZAFFERANO” O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi zaʼfaron yetishtirish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur qo‘shma korxona O‘zbekistonning BMB TRADE GROUP investitsiaviy va konsalting kompaniyasi va Italiyaning OPERA SRL kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan.
Mamlakatimizda keng miqyosda zaʼfaron yetishtirilishi qishloq xo‘jaligi rivojlanishi, farmatsevtika korxonalarining mahalliy xomashyo bilan taʼminlanishi, shuningdek, eksport hajmini oshirishda muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.
Ana shu maqsad yo‘lida Bright Uzbekistan hamda BMB TRADE GROUP kompaniyasi o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilish rejalashtirilmoqda.