Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narboyeva o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

2021 yil 12 mart kuni Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O'zbekistonga davlat tashrifi doirasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narboyeva bilan uchrashuv o’tkazdi, deya xabar beradi Oliy Majlis Senati.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlatning o'zaro aloqalari, shu jumladan parlament darajasidagi masalalarni muhokama qildilar.

Parlamentlar o'rtasidagi yaqin aloqalar ko'plab sohalarda, jumladan, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish bo’yicha hamkorlikni kengaytirishda o'ziga xos katalizator rolini o'ynashi kerakligi ta'kidlab o’tildi.

Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarning barcha darajalardagi o’zaro munosabatlarini faollashtirishga hamda O'zbekiston va Qirg'iziston parlamentlari rahbarlarining tashrif almashish tajribasini davom ettirishga o’zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.