Qirg'izistonda konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi

2021 yil 5-may kuni Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov respublika konstitutsiyasining yangi tahririni imzoladi. Referendumda qabul qilingan asosiy qonun loyihasiga ko'ra, respublikaga prezidentlik boshqaruv shakli qaytmoqda.

 

Qirg'izistondagi referendum 11 aprel kuni bo'lib o'tdi. Najilarga ko’ra, fuqarolarning 79,3 foizi konstitutsiyaning yangilangan tahriri uchun ovoz bergan, 13,7 foizi qarshi.

 

Xalq qurultoyi (Kengashi) instituti yangi konstitutsiya loyihasiga jamiyat rivojlanishining yo'nalishlari bo'yicha tavsiyalar beruvchi kuzatuv yig'ilishi sifatida kiritilgan.

 

Bundan tashqari, u prezident va hukumat institutlarini qayta shakllantirish bo'yicha taklifni ham o'z ichiga oladi. Vazirlar Mahkamasining tuzilishi va faoliyati uchun javobgarlik davlat rahbariga yuklatiladi va uni prezident ma'muriyati rahbari boshqaradi.

 

Hujjat, shuningdek, parlament deputatlari sonini 120 kishidan 90 kishiga qisqartiradi. Aslida konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirishlar parlament-prezidentlik boshqaruvi shaklidan prezidentlik boshqaruv shakliga qaytishni anglatadi – uni 10 yanvar kuni bo’lib o’tgan referendumda 80% fuqarolar tanladilar.