Qirgʼizistonda Oʼzbekiston sarmoyasi ishtirokida 60 ta korxona faoliyat yuritmoqda

Ularning, 22 tasi qoʼshma korxona va 38 tasi toʼliq Oʼzbekiston kapitali ishtirokida tashkil etilgan.
“Biz Qirgʼiziston iqtisodiyotini rivojlantirishga investitsiyalar, ilgʼor texnologiyalar va oʼzbek kompaniyalari boshqaruvini jalb qilishdan manfaatdormiz”, – dedi Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Qirgʼiziston-Oʼzbekiston biznes-forumida.
Uning soʼzlariga koʼra, Oʼzbekiston Qirgʼiziston uchun ishonchli qoʼshni, qardosh davlat va strategik sherikdir. Bugungi kunda mamlakatlar oʼrtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik oʼrnatilgan, konstruktiv va ishonchli muloqot yoʼlga qoʼyilgan.






