Qirolicha Yelizaveta II ning Yaguar X-Type Estate avtomobili auksionga qo’yiladi

Qirolicha mashinani 2009-yilda sotib olgan va shundan buyon avtomobil taxminan 117 000 km yo‘l bosib o‘tgan. Auksion 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, avtomobilning boshlang‘ich narxi esa belgilanmagan.

Auksion Surrey shtatidagi Veybrij shahridagi Mercedes-Benz World majmuasida bo‘lib o‘tadi.

“Avtomobil lyuk, avtomatik uzatmalar qutisi, elektr oynalar, iqlim nazorati, yaxshi xizmat ko‘rsatish tarixi, Jaguar Heritage Trust sertifikati bilan jihozlangan va yaxshi holatda”, — deyiladi xabarlarda.

Qayd etilishicha, Yelizaveta II 92 yoshida mashinani shaxsan boshqarishdan bosh tortgan. 2019-yil mart oyidan boshlab uni haydovchi olib yura boshladi. Bu qaror uning turmush o'rtog'i Edinburg gertsogi Filippning baxtsiz hodisasidan keyin qabul qilingan.