Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jaev Saudiya Arabistoni Qirolligida bir qator muzokaralar o'tkazdi

Hukumatlararo komissiya yig'ilishida Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo’jayev va Saudiya Arabistonining eng yirik moliya institutlaridan biri - Qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi, atrof-muhit, qishloq va suv xo'jaligi vaziri Abdulrahmon al-Fadli, shuningdek, Saudiyaning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi boshqa investitsiya kompaniyalari o’rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar Saudiya Arabistoni Qirolligida 2021 yil kuziga rejalashtirilgan Agroforum tashkil etish istiqbollarini baholadilar. Saudiyalik ishbilarmonlarning investitsiyalarini O'zbekiston qishloq xo'jaligiga jalb qilish bilan yangi texnologiyalarni joriy etish va yerlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, SAQ tomonidan amalga oshirilgan «Saudi Arabia Green Initiative» va «Middle East Green Initiative» dasturlari bo'yicha tajriba almashish imkoniyati muhokama qilindi. Bu mamlakat va Yaqin Sharq mintaqasida 2040 yilga qadar 60 mlrd.dan ortiq daraxt ekish orqali 1 mlrd. gektar yerni tiklash, asrash va barqaror bopshqarishga yo’naltirilgandir. 

 

Saudiya Arabistoni o'z kompaniyalarining O'zbekistondan tayyor go'sht mahsulotlarini import qilishda, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda, shuningdek birgalikda faoliyat yuritishga qiziqish bildirdi. Ma’lum investitsiya takliflarini ishlab chiqish bo’yicha o’zaro aloqalarni tizimlashtirishga kelishildi, bundan maqsad Saudiya kompaniyalarini ularni amaliy tadbiq etishga jalb qilishdan iborat. 

 

Ushbu turdagi hamkorlik Saudiya Arabistoni va O'zbekiston xalqlari o'rtasida qishloq xo'jaligi sohasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi hamda O'zbekiston-Saudiya ikki tomonlama munosabatlaridan manfaatdor bo'lganlar uchun bebaho xizmatni taqdim etadi.