Qiymati 1,3 mln AQSh dollariga teng bo’lgan 1,2 ming tonna limon eksport qilingan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,3 mln. AQSh dollariga teng boʼlgan 1,2 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʼzbekiston eng koʼp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 715 tonna
Qozogʼiston – 325 tonna
Qirgʼiz R. – 194 tonna

Xorijga eng koʼp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʼona viloyati – 521 tonna
Toshkent viloyati – 219 tonna
Xorazm viloyati – 159 tonna