Qonunchilik palatasi Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo'ladi

Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash, Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanadigan Qonunchilik palatasi vakolatiga o‘tkazilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu o‘zgarish quyi palataning vakillik tabiatiga va ilg‘or xorijiy tajribaga to‘la mos keladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish faqat Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p ovoz olgan partiya yoki partiyalar irodasiga bog‘langan edi. Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining nafaqat Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishda, balki butun Hukumatni shakllantirishdagi ishtiroki ta’minlanadi.
Shuningdek, yangi Konstitusiya loyihasiga ko'ra Qonunchilik palatasi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan vazirni lavozimidan ozod etish bo‘yicha Prezidentga taklif kiritish huquqiga ega bo'ladi.






