Qo’qonda muhim konferensiya oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 8-iyun kuni, Qo'qon universitetida “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” konferensiyasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda, Mirvoxid Azimov, Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Sherzod Mustafakulov, Qo‘qon universiteti rektori, Sultanbay Raev, TURKSOY Bosh kotibi, Baxtiyor Ibragimov, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari , Gulchehra Rixsiyeva, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, Juliboy Eltazarov, “Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori ochilish nutqi so’zladilar.
Ushbu anjumanda yigʼilishdan maqsad – Markaziy Osiyoda Turkiy davlatchilikning rivojlanishida Qoʼqon xonligining rolini oʼrganish, bu davrdagi tarixiy voqealar bilan chuqurroq tanishish, shuningdek, xonlikning mintaqadagi xalqaro jarayonlarga taʼsirini aniqlash, madaniy va meʼmoriy merosi bilan tanishish va dunyoga taranum etish ekanligini taʼkidladi.






