Qoraqalpog'istonda eng katta shamol elektr stansiyasi quriladi

O'zbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Qirolligining "ACWA Power" kompaniyasi "Shamol elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish to'g'risida"gi Shartnomani imzoladilar.Joriy yilning 3 may kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi va Energetika vazirligi o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralar davomida tomonlar 1500 MWt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu elektr stansiya foydalanishga topshirilgandan so'ng Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik va dunyodagi eng yirik shamol elektr stantsiyalaridan biriga aylanadi.Loyiha qariyb 4 million xonadonning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini qondirishi va yiliga qariyb 2,5 million tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda. Bu Hukumatning o'sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish maqsadlariga bevosita hissa qo'shadi.Loyiha O'zbekiston hukumatining energetika sohasida amalga oshirilayotgan strategik islohotlarga muvofiq mamlakatning energiya balansini kengaytirish bo'yicha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.“ACWA Power” Buxoro va Navoiydagi ikkita shamol energetikasi loyihalarining investori ekanligini va energiya ishlab chiqarish quvvati 1000 MWtni tashkil etishini qo'shimcha qilib o’tamiz. Shunday qilib, elektr energiyasini sotib olish bo'yicha bitimlar (PPA) va investitsiya shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, Saudiya kompaniyasi Sirdaryoda 1500 MWt quvvatga ega yuqori samarali gaz bilan ishlaydigan elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.