Qoraqalpog‘istonda 108 million dollarlik shamol elektr stansiyasi quriladi

Kuni kecha Nukusda AKWA Power (Saudiya Arabistoni) bilan 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish boʻyicha shartnomalar imzolandi, loyiha qiymati 108 million dollarga baholanmoqda.
Elektr stansiyasi 100 mingdan ortiq turar-joy binolarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qodir.
O‘z navbatida, elektr stansiyasi ishga tushirilgach, O‘zbekiston yiliga 350 million kVt elektr energiyasi oladi, bu esa 100 mingdan ortiq turar-joy binolarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, bu Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha uchinchi loyihadir. Ularning barchasi saudiyaliklar yordamida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning rejalariga kelsak, 2024-yilgacha 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Xususan, kelgusi yilda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan 5 ta quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.






