Qozogʼiston 2024-yilda bolalar uchun kapital jamgʼarish dasturini ishga tushiradi

Ma’lum qilinishicha, Qozogʼistonda 2024-yildan bolalar uchun kapital jamgʼarish dasturi ishga tushadi. Dastur shartlariga koʼra, bola tugʼilganda dollarda hisob raqamiga ega boʼladi, u har yili Milliy jamgʼarma hisobidan moliyalashtiriladi, neft va boshqa xomashyo sotishdan tushgan davlat daromadlari bilan toʼldiriladi. Bola 18 yoshga toʼlgandan soʼng, jamgʼarmalar uy-joy yoki taʼlimga sarflanishi mumkin bo’ladi.






