Qozogʼiston ikki fuqarolik uchun jazoni kuchaytirmoqchi

Qozogʼiston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko’ra, mamlakat ikki fuqarolik uchun jazoni kuchaytirmoqchi. Qayd etilishicha, hozir ikki fuqarolikni yashirganlik uchun 690 ming tenge (1500 dollar) miqdorida jarima solinadi yoki mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
Ma’lum bo’lishicha, oʼtgan yili ikki fuqarolik uchun 840 ga yaqin shaxs jazolangan, ulardan 140 ga yaqini mamlakatdan chiqarib yuborilgan, qolganlari jarimaga tortilgan.






