Qozogʼiston immigrantlarning kirish va qolish qoidalarini oʼzgartirdi

Hukumat qarorining yangi tahririga koʼra, vizasiz xorijliklar mamlakatda qonuniy ravishda 30 kun, jami 180 kunlik bir kalendar davrida 90 kungacha boʼlishlari mumkin.
YeOIIga aʼzo davlatlar fuqarolari 180 kunlik bir kalendar davrida Qozogʼistonda 90 kun boʼlishlari mumkin.
Qayd etilishicha, yangi cheklovlar Qozogʼistonga viza bilan kelgan xorijliklarga va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olganlarga taalluqli emas.
P.S. Yangi reglament 2023-yil 26-yanvardan kuchga kiradi.






