Qozog'iston Prezidenti TDT Bosh kotibini qabul qildi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan 2022 yil 20 dekabrda Ostona shahrida qabul qilindi.
Prezident Tokayev Kubanichbek Omuraliyevni Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.
Qosim-Jomart Toqayevning ta'kidlashicha, Qozog'iston tashkilot asoschilaridan biri sifatida turkiy davlatlar bilan ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor va Kotibiyat ishini maksimal darajada qo'llab-quvvatlaydi.
Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda turkiy xalqlarning hamkorligi va birligini mustahkamlash uchun noyob platforma sifatida tashkilotning roli va ahamiyati sezilarli darajada oshdi.






