Qozog'iston Prezidenti xorijliklarga yer sotishni qonun bilan taqiqlashni taklif qildi

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jo’mart Toqayev parlamentning quyi palatasiga xorijliklarga yerlarni sotish va ijaraga berishni taqiqlovchi qonun loyihasini yubordi.

Qosim-Jo’mart Toqayev bu haqda o'zining rasmiy Twitter-akkauntida - “Bugun qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda chet el fuqarolariga yer sotish va ijaraga berishni taqiqlovchi qonun loyihasini Majlisga yubordim. Parlament loyihani ko'rib chiqadi va amaldagi reglamentga muvofiq qaror qabul qiladi", deya yozadi Qozog'iston Prezidenti.

Qonun, birinchi navbatda, qishloq xo'jaligi yerlarini chet elliklar va chet el yuridik shaxslariga sotish va ijaraga berishni taqiqlaydi. Bu chet el aksiyalari bo'lgan yuridik shaxslarga ham tegishli bo'ladi.