Qozog'iston tashabbusi bilan Toshkent - Olmaota tezyurar poyezdining ishga tushirilishi qoldirildi
"O'zbekiston temir yo'llari" kompaniyasida Toshkent - Olmaota va Nukus - Beyneu yo'nalishlari bo'yicha tezyurar poyezdlar qatnovi kechiktirilishi ma'lum qilindi.
Avval xabar qilinganidek, Nukus - Beyneu va Toshkent - Olmaota yo'nalishlari bo'yicha birinchi qatnovlar 2022 yilning aprel-may oylarida bo'lib o'tishi kerak edi.
Tezyurar poyezdning ishga tushirilishi koronavirus infektsiyasining tarqalishi xavfi tufayli Qozog'iston tomonining tashabbusi bilan qoldirildi.
Chiptalarni sotib olishga muvaffaq bo'lganlar pulni qaytarib olishlari yoki keyinchalik ularni qayta rasmiylashtirishlari mumkin.