Qozog‘iston va Xitoy vizasiz rejim joriy qiladi

Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida o‘zaro viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolanadi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri Alixon Smailov imzolagan qaror loyihasida keltirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur kelishuv Qozog‘iston Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida imzolanadi.
Shartnomaga ko‘ra, qozog‘istonliklar Xitoyda vizasiz, uning fuqarolari esa Qozog‘istonda chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kundan ko‘p bo‘lmagan va 180 kunlik muddatga 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qolishlari mumkin.
Biroq, agar tomonlardan birining davlati fuqarolari boshqa tomon davlati hududida 30 kundan ortiq qolish niyatida bo'lsa, ular davlat hududiga kirishdan oldin tegishli viza olish uchun ariza berishlari kerak.






