Qozogʻistonda iyuldan toʻrt kunlik ish haftasi joriy etiladi

2023-yilning iyuli oyidan Qozog‘istonda to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi. Bu mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev tomonidan imzolangan “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.
Mazkur qonunga muvofiq, boshqa oʻzgartirishlar qatorida Mehnat kodeksining 71-moddasi 3-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi qism qoʻshiladi: “Mehnat shartnomasida tomonlarning kelishuviga ko‘ra, besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasini belgilashga ruxsat beriladi”.
Shu bilan birga, Mehnat kodeksining 78-moddasi 2-bandiga koʻra, qo'shimcha ishlarning maksimal miqdori to'rt va besh kunlik ish haftasiga bo'linadi.
“Ish vaqtining umumlashtirilgan hisobini o'rnatishda to'rt kunlik, besh kunlik va olti kunlik ish haftasida qo'shimcha ishning umumiy davomiyligi oyiga o'n ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi kerak”, deya koʻrsatilgan.






