Qozog'istonda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sammiti bo'lib o'tadi

31 mart kuni Qozog'istonning Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti bo'lib o'tadi.

«Qozog'iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan joriy yilning 31 mart kuni Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (TTDHK, Turkiy Kengash) norasmiy sammiti bo'lib o'tadi», deb aytadi agentlik.

Eslatib o'tamiz, TTDHK bir qator turkiy tilli mamlakatlarni birlashtirib turadi (a'zo davlatlar Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, O'zbekiston va kuzatuvchi davlat Vengriya). Tashkilot kotibiyati Istanbulda (Turkiya) joylashgan. 2019 yil oktabr oyida O'zbekiston TTDHK a'zosiga aylangan.