Qozog'istonning tog'li hududida qor yog'di

Tengrinews.kz nashrining xabar berishicha, Qozog‘iston viloyatining Ridder shahrida 17-avgust kuni tunda qor yog‘gan. Ma’lum qilinishicha, 1870 metr balandlikda joylashgan sport bazasida yer zich qor bilan qoplangan.

Iqlimshunoslar Ridderning oʻzida ham, ob-havo stansiyasida ham qor hozir yoʻqligini aytishmoqda. Faqat tog‘li hududlarda qorli yomg’ir bo’lgan ob-havo kuzatilmoqda. Ammo Ridder va uning atrofidagilar uchun bu oddiy hodisa, chunki ushbu manzil, baland tog‘li hudud hisoblanadi. Shuningdek, ular yaqin kunlarda butun mintaqada sovuq havo kutilayotganini qoʻshimcha qildilar.

“Viloyatning togʻli hududlarida, ya’ni Ridder, Katon-Qoragʻay tumanida yaqin kunlarda yomgʻir va qor koʻrinishida yogʻingarchilik kutilmoqda. Sharqda esa sovuq boʻlishi mumkin”, - deya xabar bermoqda iqlimshunoslar.